s
USD: Rub: Eur:
2025-09-29 329

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish takomillashtiriladi.

“Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (594-son, 18.09.2025 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sug‘orilmaydigan yerlarda yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos ob’ektlarni joylashtirishdan oldin axborot tizimlari orqali ariza beruvchida ushbu uchastkasiga ijara huquqining mavjudligi, davlat yer kadastri bo‘yicha yer uchastkasining jami maydoni tekshiriladi.

Ichki xo‘jalik yer tuzish loyihasida yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos bo‘lgan ob’ektlarni yer uchastkasi tarkibidagi sug‘orilmaydigan yerlarga joylashtirish (qurish) nazarda tutiladi.

Chorvachilik yo‘nalishlarida ijaraga berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sug‘orilmaydigan yerlarda 1 gektardan ko‘p bo‘lmagan, biroq ijaraga berilgan kontur maydonining 1 foizidan oshmagan qismida qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi ob’ektlarni joylashtirishga ruxsat etiladi.

Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos bo‘lgan ob’ektlarni joylashtirishga yo‘l qo‘yiladigan ayni bir yer maydoni bir marta belgilanadi, kelgusida ushbu ob’ekt turini o‘zgartirishga xizmat ko‘rsatuvchi yer maydonini oshirmaslik sharti bilan yo‘l qo‘yiladi.

Xivashaharyuridikxizmatko‘rsatishmarkazi.

Мавзуга оид