s
USD: Rub: Eur:
2025-09-29 894

“OASIS” yagona raqamli platformasi ishlab chiqiladi.

2026 yil 1 dekabrgacha quyidagi imkoniyatlarga ega “Raqamli hukumat” tizimining “OASIS” yagona raqamli platformasi ishlab chiqiladi:

davlat axborot tizimlarini yaratish va rivojlantirishda yagona texnologik yondashuvni ta’minlash;

modullarga asoslangan texnologiyalar yordamida axborot tizimlarini yaratish jarayonlarini maqbullashtirish;

davlat axborot tizimlarining moslashuvchanligi, xavfsizligi va samaradorligini oshirish.

2025 yil 1 noyabrdan:

“Raqamli startaplar” dasturi va (yoki) Markaziy bankning “tartibga solish qumdoni”da ishtirok etuvchi startap loyihalarga Raqamli ma’lumotlar platformasidan 1 yilgacha bepul foydalanish imkoniyati beriladi.

O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari orqali jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini olgan IT-park rezidentlarining xorijiy mutaxassislari uchun masofadan bank hisobvaraqlari hamda virtual bank kartalari ochishga ruxsat beriladi.

Xivashaharyuridikxizmatko‘rsatishmarkazi.

Мавзуга оид