s
Mehnatshartnomasi (kontrakt)ni bir xil kuchga ega bo‘lgan kamida ikki nusxada tuziladi hamda saqlash uchun har ikki tomonga beriladi.
Shartnoma (kontrakt)da tomonlarning manzillari ko‘rsatiladi.
Mehnat shartnomasi (kontrakt) sana ko‘rsatilgan holda imzolar bilan tasdiqlanadi. Korxona, muassasa, tashkilot ishga qabul qilish huquqi berilgan mansabdor shaxsning imzosini gerbil muhr bilan tasdiqlaydi (gerbil muhr bo‘lmagan taqdirda imzoning haqiqiyligi va vakolatliligini tasdiqlovchi boshqa muhr bilan tasdiqlanadi).
Xodimning talabiga ko‘ra mehnat shartnomasi (kontrakt) u biladigan tilde tuziladi va davlat tilida tuzilgan shartnoma (kontrakt) bilan bir xil kuchga ega bo‘ladi.
Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi (kontrakt) ishga qabul qilish to‘g‘risida buyruq chiqarish uchun asos hisoblanadi. Buyruq tuzilgan mehnat shartnomasi (kontrakt) mazmuniga zid bo‘lmasligi kerak.
Yangibozor tumani adliya bo’limi yuridik xizmat ko`rsatish markazi boshlig`I N.Nurjonov