s
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 09.11.2023-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga dehqon xoʻjaligini yuritish uchun ajratiladigan yer uchastkalarining oʻlchamini oshirishga qaratilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-876-son Qonun imzolandi.
Ushbu hujjatda qayd etilishicha, mamlakatning ayrim hududlarida chorva ozuqasi ekinlarini yetishtirish uchun keng imkoniyatlar mavjudligi dehqon xoʻjaligi uchun ajratiladigan yer uchastkalarining qonunchilikda belgilangan oʻlchamini qayta koʻrib chiqish va oshirish zaruratini yuzaga keltirmoqda.
Qonun bilan Yer kodeksi va “Dehqon хoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunga mamlakatning ayrim hududlarida chorva ozuqasi ekinlarini yetishtirish maqsadida dehqon хoʻjaligini yuritish uchun ajratiladigan yer uchastkalarining eng koʻp oʻlchamini 1 gektardan 5 gektarga oshirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilmoqda.
Urganch tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish
markazi bosh yuriskonsulti B.R.Yusupov