s
Quyidagi jismoniy shaxslar davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega: (https://lex.uz/docs/-6502543#-6507201)
kam ta'minlangan shaxslar, agar ular:
-fuqarolik ishlari bo'yicha da'vogar yoki javobgar;
-ma'muriy ishlar bo'yicha arizachi;
-ma'muriy qamoq tarzidagi ma'muriy jazo nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs;
-jinoyat ishlari bo'yicha gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, shuningdek mahkum bo'lsa;
-ruhiy holati buzilgan jismoniy shaxslar, ularga “Psixiatriya yordami to'g'risida”gi Qonunga muvofiq psixiatriya yordami ko'rsatilayotganda;
-o'z huquqlari buzilgan, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida”gi qonunda nazarda tutilgan xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilganligi munosabati bilan sudga murojaat qilgan jismoniy shaxslar;
-jinoyat ishi bo'yicha advokat ishtirok etishi shart bo'lgan taqdirda, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi.
Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi