s
USD: Rub: Eur:
2024-12-26 842

Ayrim tovarlarni realizasiya qilishga doir aylanma QQSdan ozod qilinadi

“Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan amalga oshirilayotgan loyihalarni yanada jadallashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-195, 16.11.2023 y.) qabul qilindi

Farmonga ko'ra, byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari hamda o'z ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo'lgan yuridik shaxslar tomonidan ijtimoiy soha hamda infratuzilmani rivojlantirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jalb qilingan va jalb qilinadigan davlat tashqi qarzi hisobidan (bundan tijorat banklari orqali qayta moliyalashtiriladigan yoki qayta kreditlanadigan mablag'lar mustasno) to'liq yoki qisman amalga oshiriladigan loyihalar doirasida sotib olinadigan tovarlarni (xizmatlarni) realizasiya qilishga doir aylanma, shuningdek ularning importi 2028-yil 1-yanvargacha QQSdan ozod qilinadi.

 

Xonqa tumani adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

boshlig‘i A.Boltyaev

Мавзуга оид