s
USD: Rub: Eur:
2023-12-25 388

Tarifikatsiya roʻyxatiga belgilangan dars soatlariga koʻra uyda yakka tartibda dars beruvchi oʻqituvchilarga faqatgina oʻquv soatlari uchun ish haqi toʻlovlari amalga oshiriladi (https://t.me/uztdi/6336).

Bunda, uyda yakka tartibda dars beruvchi oʻqituvchilarga oʻquvchilar taʼtilda boʻlgan davrda ham tarifikatsiya roʻyxatida belgilangan oʻquv soatlar uchun haq toʻlab beriladi.

 

Ularning ish haqlari mehnat taʼtilini hisoblashda inobatga olinadi hamda ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar 12 oyga rejalashtiriladi.

 

Tibbiy-maslahat komissiyasining xulosasiga asosan uyda yakka tartibda taʼlim berish vaqtincha toʻxtatilgan davrda oʻqituvchiga ish haqi toʻlanmaydi.

 

Bunda o‘qituvchining ish haqi miqdori malaka toifasiga ko‘ra bazaviy tarif stavkasini bir oylik ish yulkamasiga bo‘lish hamda ular tomonidan yakka tartibda o‘tkazilgan haqiqiy o‘quv soatlariga ko‘paytirish va  Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-sentabrdagi 490-sonli qarorida belgilangan o‘qituvchining ta’rif stavkasi hamda lavozim maoshlari miqdoriga 50 foiz qo‘shimcha haq to’lovini belgilash orqali hisoblanadi.

 

 Asos: O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligining "Yakka tartibda ta’lim berayotgan o‘qituvchilar ish haqlarini hisoblash metodikasini tasdiqlash to‘g‘risida"gi qo‘shma qarori

 

Gurlan tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i E.Raxmatillaev

Мавзуга оид