s
USD: Rub: Eur:
2023-11-15 237

Yerdan hujjatlarda ko‘rsatilganidan kattaroq hajmda foydalanilganda jarima bor!

Soliq kodeksining 437-moddasi birinchi qismida respublika hududlari kesimida bazaviy soliq stavkalari 1 kv.m uchun mutlaq o‘lchamdagi miqdorlarda belgilanishi va Respublika hududi kesimida turli stavkalarda o‘rnatiladi.

 

Ushbu moddaning 10-qismiga ko‘ra yer uchastkalaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilganidan kattaroq hajmda foydalanilganda, soliq stavkasi belgilangan soliq stavkalarining uch baravari miqdorida belgilanadi.

 

Yuqoridagi qoidaning mazmuniga ko‘ra, sizdagi vaziyatda yer uchastkasiga nisbatan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar (meros guvohnomasi, hokim qarori, oldi-sotdi shartnomasi yoki boshqa hujjat) bo‘lmasa, sizga ham yuqoridagi miqdordan kelib chiqib soliq hisoblanadi.

 

Yangiariq tumani Adliya bo’limi

 Yuridik xizmat ko’rsatish bo’limi

 bosh yuriskonsulti R.Egamberdiyev

Мавзуга оид