s
USD: Rub: Eur:
2023-11-15 481

Kimlar ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin

 

 Oila kodeksining 79-moddasiga ko‘ra, ota-ona (ulardan biri) quyidagi hollarda ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin.

 

1) ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan bosh tortsa, shu jumladan aliment to‘lashdan bo‘yin tovlasa;

 

 2) uzrsiz sabablarga ko‘ra o‘z bolasini tug‘ruqxona yoki boshqa davolash muassasasidan, tarbiya, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasi va shunga o‘xshash boshqa muassasalardan olishdan bosh tortsa;

 

 3) ota-onalik huquqini suiiste’mol qilsa, bolalarga nisbatan shafqatsiz muomalada bo‘lsa, jumladan jismoniy kuch ishlatsa yoki ruhiy ta’sir ko‘rsatsa;

 

4) muttasil ichkilikbozlik yoki giyovandlikka mubtalo bo‘lgan bo‘lsa;

 

 5) o‘z bolalarining hayoti yoki sog‘lig‘iga yoxud eri (xotini)ning hayoti yoki sog‘lig‘iga qarshi qasddan jinoyat sodir qilgan bo‘lsa,

 

Ota-onalar (yoki ulardan biri)tomonidan bolalarga nisbatan yuqorida ko‘rsatilgan holatlar sodir etilsa ular sud tartibida ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin.

Yangiariq tumani Adliya bo’limi

 Yuridik xizmat ko’rsatish bo’limi

 bosh yuriskonsulti X.Matkarimov

 

 

 

 

 

 

Мавзуга оид