s
USD: Rub: Eur:
2025-06-23 874

“Eng namunali yashil turizm ob’ekti” tanlovi o‘tkaziladi

Hukumat qarori (385-son, 24.06.2025 y.) bilan “Eng namunali yashil turizm ob’ekti” tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizom o‘z faoliyatida chiqindilar hosil bo‘lishini kamaytirishda tashabbus ko‘rsatgan tadbirkorlar o‘rtasida "Eng namunali yashil turizm ob’ekti" tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi.

 Turizm qo‘mitasi har yili 1 iyulgacha tanlovni o‘tkazish haqida o‘z rasmiy sahifalarida e’lon beradi.

 Tanlov har yili sentyabr - noyabr oylarida quyidagi bosqichlarda o‘tkaziladi:

-hududiy saralash bosqichi – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida;

-respublika yakuniy bosqichi - hududiy saralash bosqichlari g‘oliblari o‘rtasida respublika miqyosida.

 Respublika bosqichi g‘oliblari quyidagi miqdorlarda bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti bilan taqdirlanadi:

1-o‘rin - BHMning 150 baravari;

2-o‘rin - BHMning 100 baravari;

 3-o‘rin - BHMning 50 baravari.

Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Мавзуга оид