s
Qonunchilikka intellektual mulk obyektlaridan qonunga xilof ravishda foydalanganlik uchun huquq egasining talabiga koʻra huquqbuzar tomonidan zararlarning qoplanishi oʻrniga tovon toʻlanishi tartib-taomili joriy etilishini belgilovchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Tegishli oʻzgartirishlar:
“Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi;
“Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida”gi;
“Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi;
“Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi;
“Firma nomlari toʻgʻrisida”gi Qonunlarga kiritilmoqda.
Patent egasi zararlarning qoplanishi oʻrniga BHMning 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda tovon toʻlanishini talab qilishi mumkin. Bunda tovon zararlar yetkazilishi faktidan qat’i nazar, toʻlanadi.
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti R.N.Aminov