s
USD: Rub: Eur:
2023-09-25 519

Arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish

Arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish yuridik va jismoniy shaxslar yoki ularning buyurtmasiga (shartnomaga asosan) muvofiq loyiha tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda — ariza beruvchilar) tomonidan berilgan so‘rovnomaga asosan shaharsozlik faoliyati obyektini qurish yoki rekonstruksiya qilishni loyihalashtirish uchun arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini (keyingi o‘rinlarda — ART) ishlab chiqish va taqdim etish tartibini belgilaydi. Yakka tartibdagi uy-joyni qurish va loyiha hujjatini kelishishda ARTni ishlab chiqish va taqdim etish talab etilmaydi (ikki qavatdan yuqori, balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq yakka tartibdagi uy-joylar bundan mustasno). ART ishlab chiqilmasdan loyiha hujjatlarini kelishish taqiqlanadi. Ariza beruvchi ARTni olish uchun Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etadi yoki YIDXPda davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. ARTni uchun arizalar YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qat’iy nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin. tegishli ravishda tuman (shahar) qurilish bo‘limining bino va inshootni rekonstruksiya qilish hamda o‘z hududida qo‘shimcha bino va inshootni qurishga ruxsatnomasi; “E-auksion” yagona elektron savdo maydonchasida o‘tkazilgan elektron auksion natijalari haqidagi bayonnoma; yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasining qarori. Davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yig‘im undiriladi. Vakolatli organ so‘rovnoma tushganidan so‘ng uch ish kuni mobaynida so‘rovnomada qayd etilgan ma’lumotlarning haqqoniyligini tekshiradi va ARTni ishlab chiqishning qiymati ko‘rsatilgan hisob-fakturani (keyingi o‘rinlarda — invoys) yuboradi yoki rad etishning aniq sabablarini va qonunchilik hujjatlari normalarini ko‘rsatgan holda uni yuborishni rad etadi. Invoysda qayd etilgan to‘lovni amalga oshirish.arizachi tomonidan bir oy maboynida amalga oshirilishi lozim. Obyektni o‘rganib chiqish obyekt yoki uning qismlari va unga biriktirilgan yer uchastkasini, shuningdek, unga tutash hududlar hamda bino va inshootlarni vizual ko‘rikdan (zarurat bo‘lganda, maxsus uskunalar va asboblardan foydalangan holda) o‘tkazishdan iborat bo‘ladi. ARTni ishlab chiqish muddati ARTni ishlab chiqish to‘lovi to’langandan so‘ng Vakolatli orgon 10 ish kuni maboynida javob beradi . Davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi 2-darajali yurist Sh.K.Abdirasulov .

Мавзуга оид