s
USD: Rub: Eur:
2025-09-29 791

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 16.07.2024 yildagi PQ-257-son “Nogironlikni belgilash tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan 2025-yil 1-apreldan boshlab:

Fuqarolarni TIEK (tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyasi) ko‘rigiga yo‘llash uchun lozim bo‘lgan amaldagi davolanish muddatlari bo‘yicha talab bekor qilinadi hamda har bir kasallikning kechishi va turidan kelib chiqib alohida belgilanadi;

TIEK tomonidan kasbga, sportga va ta’limga tavsiya berish tartibi bekor qilinadi va TIEKning vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasining muddatini uzaytirish hamda maxsus jihozlangan transport vositasini boshqarish layoqatini belgilashga oid funksiyalari davlat tibbiyot muassasalariga o‘tkazilishi orqali tugatiladi;

18 yoshdan katta shaxslarga nogironlikni belgilashda shaxsning klinik-funksional buzilishlarining tavsifidan kelib chiqib nogironlikning muddati, sababi, tibbiy reabilitatsiya tadbirlari, shuningdek, protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalariga muhtojligiga oid ma’lumotlar “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida shakllantiriladi.

Gurlan tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuristkonsulti Sadullayev Kamolbek

Мавзуга оид