s
Korrupsiya mansabdor shaxsning oʻz vakolatidan foydalanib, oʻzining manfaatlarini koʻzlab, axloq va odob qoidalarini buzgan holda amalga oshirgan jinoiy harakatlari yigʻindisidir. Bu jinoiy harakatlar pora olish vositasida amalga oshiriladi. Sodda qilib aytganda, pora ish bitkazish yoʻlidir. Mayda poraxoʻrliklardan ildiz otgan korrupsiya ortidan bir qan- cha jinoyatlar, jumladan, talon-toroj qilish, kontrabanda, odil sudlovga qarshi jinoiy harakatlar, bojxona, soliq sohasidagi jinoyatlar sodir boʻladi. Korrupsiya deganda mansabdor shaxslar tomonidan ularga berilgan huqug va imkoniyatlardan shaxsiy boy lik orttirish magsadida foydalanishni ifo dalovchi siyosiy yoki davlat boshqaruvi sohasidagi jinoiy faoliyat tushuniladi. Korrupsiya uchun faqat pora oluv chi mansabdor shaxslar emas, balki beruvchi shaxs ham javobgar boʻladi. Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari qonuniylik, fuqa rolarning huquqi, burchlari, erkinligi va qonuniy manfaatlarining ustunligi, har qanday koʻrinishdagi korrupsiya ning oldini olish boʻyicha choralarning ustunligi va mas'uliyatni his etishdir. Keyingi yillarda korrupsiyaga aloqa dor boʻlgan jinoyatlar nisbatan ka maygan boʻlsa-da, lekin, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida hali qilinishi kerak bo'lgan ishlar talaygina. Xusu san, korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga doir tushuntirish ishlarini amalga oshirish, huquqiy tarbiya va ta'limni, ilmiy-amaliy tadbirlarni tashkil etish, o'quv-uslubiy va ilmiy adabiyot larni ishlab chiqish, ilmiy-amaliy tad birlar oʻtkazish kabi chora-tadbirlarni amalga oshirishi zarur. orrupsiya davlat va jamiyat hayotida juda koʻp salbiy oqibatlar ni keltirib chiqaradi. Birinchidan, u tinchlik, adolat, qonun ustuvorligi kabi qadriyatlarning buzilishiga olib keladi va insonlar oʻrtasida ularning mavjud ligi toʻgʻrisidagi ishonchni so'ndiradi. Ikkinchidan, bozor iqtisodiyotida sogʻlom raqobatning yo'qolishiga zamin yaratadi. Uchinchidan, jami yatda nosogʻlom ijtimoiy-ma'naviy muhitning shakllanishiga sabab boʻlib, konstitutsiyaviy prinsiplarining buzili shiga olib keladi. Qanday choralar koʻrgan ma'qul? Bunda quyidagilar muhim ahami yat kasb etadi. Avvalo, korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asos larini yanada takomillashtirib borish zarur. Shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipi amalda ta'minlanishi kerak. Aholi o'rtasida huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy targʻibotga doir chora-tadbirlarning sifati va miqdorini yanada oshirish zarur. Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oʻz vaqtida oldi olinishini, aniqlanishini va ularga chek qo'yilishini ta'minlashga, ular ning oqibatlarini, shuningdek, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoyitlarni bartaraf etishga kompleks tadbirlar ishlab chiqish lozim.
Davlat organlarining mansabdor shaxslari ustidan keng jamoatchilik nazoratini o'rnatish kerak, Kelgusida mazkur illatning oldi olinmasa, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hur mat bilan qaraydigan, qat'iy hayotiy e'tigod va garashlarga ega bo'lgan, milliy mentalitetimizga yot zararli ta'sirlarga qarshi turishga qodir boʻlgan yoshlarni tarbiyalashda ularning kela jagi uchun salbiy ta'sir etishi muqarrar.
Shovot tumani Аdliya boʻlimi YXKM
boshligʻi K.X.Ismoilov