s
USD: Rub: Eur:
2024-09-30 141

“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-282-son, 06.08.2024 y.) qabul qilindi

 Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston va Qozog‘iston Hukumatlari o‘rtasida “Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi faoliyatini tartibga solish to‘g‘risidagi Bitim tasdiqlandi.

 

 Bitim 2023-yil 9-noyabrda Toshkent shahrida imzolangan.

 

 Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.

 

 Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin belgilangan tartibda uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazoratni taʼminlaydi.

Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Мавзуга оид