s
USD: Rub: Eur:
2024-09-27 641

Keksa yoshdagi shaxslarga qanday imtiyozlar berilgan?

Prezidentning 2022 yildagi 167-son qaroriga asosan,

o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolgʼiz keksalar va yolgʼiz yashaydigan keksalar har yili bir marotaba sanatoriylarda bepul sogʼlomlashtiriladi;

sharoiti ogʼir va kam taʼminlangan keksalarga retseptga asosan 3 oylik ehtiyoj asosida dorilar, tibbiy va maxsus protez-ortopediya moslamalari olib beriladi hamda jarrohlik amaliyotlarining xarajatlari qoplanadi;

ogʼir tashxisli kasal hamda nogiron keksalarga shifokorlar retseptlariga muvofiq, 3 oylik ehtiyojdan kelib chiqib dori vositalarining 50 foizigacha summasi kompensatsiya qilinadi;

keksalarning jismoniy tarbiya va sport bilan shugʼullanishlari uchun abonement xarajatlari qoplanadi;

davlat teatrlari va muzeylariga keksalar uchun chipta narxlari to‘liq qoplab beriladi.

Hazorasp tuman adliya bo‘lim yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

Мавзуга оид