s
Qonunchilikka ko'ra, nodavlat notijorat tashkilotlari (shu jumladan, diniy tashkilotlar) har yili 1-fevralga qadar o'tgan yildagi faoliyati yuzasidan adliya organiga hisobot taqdim etadi.
Hisobot shakllari bilan quyidagi havolalar orqali tanishish mumkin:
Nodavlat notijorat tashkilotlari uchun – havola (https://lex.uz/uz/docs/3796969).
Diniy tashkilotlar uchun – havola (https://lex.uz/docs/4089832).
Hisobotni qulay va sifatli topshirish uchun www.e-ngo.uz portali ishga tushirilgan. Hisobotni elektron shaklda, o'z vaqtida va to'liq taqdim etish so'raladi.
Eslatma: MJtKning 239-moddasiga asosan, nodavlat notijorat tashkilotlarining o'z faoliyati to'g'risidagi hisobotlarni taqdim etmasligi, o'z vaqtida taqdim etmasligi yoki belgilanmagan shaklda taqdim etishi, o'z faoliyati to'g'risida bila turib noto'g'ri ma'lumotlar taqdim etishi BHMning 15 baravaridan 30 baravarigacha jarima solishga sabab bo'ladi.
Qo'shimcha ma'lumotlar uchun telefon raqamlari:
RASULBEK IBRAGIMOV
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi
bosh maslahatchisi