s
USD: Rub: Eur:
2023-12-15 868

“Oʼsimliklarni himoya qilish toʼgʼrisida”gi Qonun (OʼRQ–877-son, 09.11.2023y.) Prezident tomonidan imzolandi

Qonunga muvofiq, Oʼzbekistonda ishlab chiqariladigan yoki boshqa mamlakatlardan olib kelinadigan kimyolashtirish vositalari va oʼsimliklarni himoya qilish vositalari roʼyxatga olinishi lozim.
Roʼyxatga olish Qishloq xoʼjaligi vazirligi huzuridagi Oʼsimliklar karantini va himoyasi agentligi (maxsus vakolatli davlat organi) tomonidan oʼtkazilgan sinovlar natijalari asosida amalga oshiriladi.
Kimyolashtirish vositalari va oʼsimliklarni himoya qilish vositalari 5 yil muddatga roʼyxatga olinadi.
Roʼyxatga olish uchun sinovlarni oʼtkazish muddati 2 yildan oshmasligi kerak.
Oʼsimliklarni himoya qilish boʼyicha shoshilinch choralar koʼrilishini talab qiluvchi holatlar mavjud boʼlgan taqdirda, roʼyxatdan oʼtkazilmagan oʼsimliklarni himoya qilish vositalarini 1 yilgacha muddatda tajriba tariqasida qoʼllashga yoʼl qoʼyiladi.
Kimyolashtirish vositalari va oʼsimliklarni himoya qilish vositalarini faqat maxsus omborxonalarda yoki maxsus xonalarda saqlashga yoʼl qoʼyiladi. Ularni maxsus idishsiz saqlash taqiqlanadi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy oʼtgach kuchga kiradi.

 

Yangiariq tumani Adliya bo’limi

 Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

 bosh yuriskonsulti X.Matkarimov

 

 

Мавзуга оид