s
Tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish takomillashtiriladi
Qonunchilikka ko'ra:
tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlangan yoki jabrlanish xavfi ostida bo'lgan xotin-qizlarga himoya orderi talab etmagan holda ijtimoiy, psixologik va yuridik xizmatlar ko'rsatish tartibi joriy etiladi;
xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlik holati ichki ishlar organlari navbatchilik qismining “102” telefon raqamlariga kelib tushgan murojaatlar asosida ro'yxatga olinadi;
tazyiq va zo'ravonlik holati yoki ularni sodir etish xavfi aniqlangan paytdan e'tiboran 24 soat ichida quyidagilar amalga oshiriladi:
➖xotin-qizlar faoli va mahalladagi profilaktika inspektori ishtirokida tazyiq va zo'ravonlikni sodir etgan shaxs bilan suhbat o'tkaziladi;
➖profilaktika inspektori tomonidan himoya orderi rasmiylashtiriladi;
➖tazyiq va zo'ravonlikdan jabr ko'rgan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari markaziy tuman (shahar) shifoxonalarining shoshilinch qabul bo'limlariga joylashtiriladi;
➖rasmiylashtirilgan himoya orderlari va jabrlangan shaxslarga doir ma'lumotlar “Inson” markazlariga “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali yuboriladi.
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti X.Matkarimov