s
USD: Rub: Eur:
2024-09-30 783

Ayrim tadbirkorlarga QQSning bir qismi qaytariladi

Farmonga (https://t.me/huquqiyaxborot/16466) muvofiq, 2024-yil 1-oktabrdan turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini, 2025-yil 1-yanvardan umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko'rsatuvchi tadbirkorlarga 2028-yil 1-yanvargacha har oyning 25 sanasiga qadar to'langan QQSning bir qismini quyidagi miqdorlarda respublika byudjetidan qaytarish tizimi joriy etiladi:

 

 oylik tovar aylanmasining naqd pulsiz qismi:

 

➖60 foizdan oshgan umumiy ovqatlanish korxonalariga – byudjetga to'langan QQSning 40 foizi;

 

60 foizdan kam umumiy ovqatlanish korxonalariga – byudjetga to'langan QQSning 20 foizi;

turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini ko'rsatuvchi tadbirkorlarga – byudjetga to'langan QQSning 20 foizi.

 2024-yil 1-noyabrdan barcha uchun ochiq holatda yuritiladigan Inson hayoti va sog'lig'iga yuqori xavf soluvchi omillar reestri joriy qilinadi.

 2025-yil 1-yanvardan nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlar faoliyatini to'xtatib turishga faqatgina Reestrga kiritilgan omillar asosida yo'l qo'yiladi.

 2025-yil 1-yanvardan nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlar faoliyatida huquqbuzarlik sodir etish xavfini aniqlash bo'yicha “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi joriy etiladi.

 Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Мавзуга оид