s
Keyingi yillarda mamlakatimizda sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini takomillashtirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, ma'muriy huquqbuzarliklar uchun qo‘llaniladigan jarimalarni ixtiyoriy ravishda to‘lashning soddalashtirilgan tartibi joriy etildi.
Ya'ni, ma'muriy jarimalarni to‘lashda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratilishi munosabati bilan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartish kiritish bo‘yicha Qonun (O‘RQ–830-son, 18.04.2023 y.) Prezident tomonidan imzolandi.
Ushbu Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 3321-moddasiga kiritilgan o‘zgartishga ko‘ra:
Huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 50 foizini yoki 30 kun ichida jarima miqdorining 70 foizini ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinadi.
Jarima solish to‘g‘risidagi qarorni ijro etishning soddalashtirilgan tartibi quyidagi hollarda qo‘llanilmaydi:
Kodeksning 131, 132, 136 va 140-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilganda;
jarima solish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda yoki protest bildirilganda;
xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilganda.
Qonun 2023 yil 1 maydan e'tiboran kuchga kirgan.
Yangibozor tuman adliya
bo'limi boshlig'i v.b
Bekchanov Doniyor Baxtiyarovich