s
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.02.2017 yildagi 66-sonli qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi 3-ilovaga muvofiq:
- Yakka tartibdagi tadbirkor, shu jumladan dehqon xo‘jaligi, oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilik faoliyati subyektlari uchun - real vaqt rejimida, lekin 30 minutdan oshmagan vaqtda;
- Tadbirkorlik faoliyatining boshqa shakllari - real vaqt rejimida, lekin 30 minutdan oshmagan vaqtda.
- Dehqon xo‘jaligi, oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilik faoliyati subyektlari boshlig‘i o‘zgarganda - real vaqt rejimida, lekin 30 minutdan oshmagan vaqtda;
- ta’sis hujjatlariga ustav miqdorining oshirishi (kamaytirilishi), ulushning (hussaning) boshqa shaxsga o ‘tishi bilan bog ‘liq o ‘zgartirish va qo ‘shimchalar kiritilganda – umumiy tartibda-16 ish soatida oshmagan vaqtda va (yoki) tezlashtirilgan tartibda-2 ish soatidan oshmagan vaqtda
- Ro‘yxatdan o‘tkazish ma’lumotlariga (ta’sis hujjatlariga) kiritilayotgan boshqa o‘zgartirishlar va (yoki) qo‘shimchalar kiritilganda - real vaqt rejimida, lekin 30 minutdan oshmagan vaqtda.
Maqola muallifi: Yangibozor tumani Adliya bo‘limi DXM bosh mutaxassisi X.Akmuratov