s
USD: Rub: Eur:
2024-09-27 615

“Yoshlar daftari”ga qanday toifadagi yoshlar kiritiladi?

Hukumatning 312-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, “Yoshlar daftari”ga doimiy yoki vaqtincha yashash joyi bo‘yicha o‘n to‘rt yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan (o‘ttiz bir yoshga to‘lmagan) quyidagi toifadagi:

oila a’zosi “Temir daftar”, “Ayollar daftari” yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan;

ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan;

boquvchisini yo‘qotgan, yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan;

o‘ziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilangan;

o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan ishga layoqatsiz;

I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan;

farzandida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan;

jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan;

ota-onasidan birida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan, ikkinchisi esa ish faoliyatini to‘xtatgan holda bemorga qarashga majbur bo‘lgan yoxud ota-onasining har ikkisida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan;

yuzaga kelgan holatlar sababli og‘ir turmush sharoitida qolgan;

zo‘ravonlik va ekspluatatsiya, tabiiy ofatlar, halokatlar, yong‘inlar va boshqa favqulodda vaziyatlar oqibatida hayotiga, sog‘lig‘iga, mulkiga zarar yetgan;

“Mehribonlik” uyi, Bolalar shaharchasi yoki oilaviy bolalar uyida tarbiyalangan;

haq to‘lanadigan ishga yoki ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan mashg‘ulotga ega bo‘lmagan;

davolanishga muhtoj bo‘lgan bemor yoshlar;

jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan;

muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan;

psixologik maslahatga muhtoj;

nikohi qayd etilganiga uch yildan oshmagan yosh oila;

dehqonchilik yoki tomorqa xo‘jaligini yuritayotgan;

yosh tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tgan yoshlar kiritiladi.

Hazorasp tuman adliya bo‘lim yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

Мавзуга оид