s
USD: Rub: Eur:
2024-03-19 994

Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi davlat boshqaruvi yanada takomillashtiriladi

“Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi davlat boshqaruvini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-41-son, 27.02.2024 y.) qabul qilindi

Unga ko'ra, O'zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Vazirlar Mahkamasi bo'ysunuviga o'tkazildi.

 Texnik jihatdan tartibga solish sohasini raqamlashtirish orqali samaradorlik va natijadorlikka erishish, tadbirkorlik subyektlariga ko'rsatiladigan davlat xizmatlari turlarini kengaytirish, shaffof va korrupsiyadan xoli samarali tizimni joriy etish Agentlik faoliyatining asosiy yo'nalishlaridan biri etib belgilandi.

 

 2024-yil 1-oktabrdan ishlab chiqarilgan va chetdan olib kiriladigan xavflilik darajasi yuqori bo'lgan mahsulotlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibi joriy etiladi.

Bunda, respublika hududiga olib kirilayotgan mahsulotlar davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risida guvohnoma bojxona hududiga kelishidan avval “Yagona darcha” bojxona axborot tizimiga va Tashqi savdo operasiyalarining yagona elektron axborot tizimiga import qiluvchi tomonidan joylashtirilishi shart.

 2024-yil 1-sentyabrdan Inspeksiyaning davlat inspektorlariga tezkor nazorat tadbirlarini Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil bilan oldindan kelishmasdan, o'tkazilgan tekshiruv haqida Tekshiruvlarni elektron ro'yxatga olish yagona tizimida ro'yxatdan o'tkazish orqali tekshiruv boshlangan paytdan boshlab 24 soat ichida Vakilni majburiy ravishda xabardor qilgan holda amalga oshirish vakolati taqdim etiladi.

Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Мавзуга оид