s
USD: Rub: Eur:
2024-12-27 862

Tabiiy gazni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzish tartibidan xabardormisiz?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-son qarori bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga muvofiq Gaz ta’minoti (gaz uzatish) tashkiloti va iste’molchi o‘rtasida tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnoma gaz ta’minotining namunaviy shartnomasiga muvofiq tayyorlangan shaklda tuziladi.  Gaz ta’minotining namunaviy shartnomasi “O‘ztransgaz” AJ va “Hududgazta’minot” AJ tomonidan ishlab chiqiladi hamda, “O‘zneftgazinspeksiya” va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.

Maishiy iste’molchilar bilan tabiiy gaz yetkazib berish shartnomasi tuzilmagan taqdirda, shartnoma gaz tarmog‘iga belgilangan tartibda amalda ulangan vaqtdan tuzilgan hisoblanadi.

Bunda gaz ta’minoti tashkiloti mazkur iste’molchi bilan tabiiy gazni yetkazib berish shartnomasi tuzish hamda ushbu Qoidalar talablariga muvofiq tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini ta’minlash yuzasidan zarur choralar ko‘rishi shart.

O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalari ko‘chmas mulk huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazgandan so‘ng uch kun muddat ichida iste’molchi bilan shartnomani qayta rasmiylashtirish uchun gaz ta’minoti tashkilotiga ko‘chmas mulk egasi to‘g‘risida ma’lumot yuboradi.

 

Hazorasp tuman adliya bo‘limi boshlig‘i  Y.Baltayev

Мавзуга оид