s
USD: Rub: Eur:
2023-12-04 537

Tadbirkorlar o'rtasida yong'in xavfsizligi a'lochisi tanlovi o'kaziladi

Hukumat qarori (620-son, 24.11.2023 y.) bilan “Yong'in xavfsizligi a'lochisi” tanlovini tashkil etish va o'tkazish tartibi to'g'risida”gi nizom qabul qilindi

 

 Unga ko'ra, tanlov 2024-yildan har yili oktabr – dekabr oylarida yong'in chiqish xavfi bo'yicha I va II guruhga mansub obyektlarga ega tadbirkorlar o'rtasida navbat bilan yillar ketma-ketligida o'tkaziladi (yangi qurilayotgan, rekonstruksiya qilinayotgan, kengaytirilayotgan, texnik jihatdan qayta jihozlanayotgan va kapital ta'mirlanayotgan obyektlar bundan mustasno).

 

 Nomzodlarning arizalari tanlov e'lon qilingan kundan e'tiboran 20 kun mobaynida Favqulodda vaziyatlar vazirligining maxsus elektron axborot tizimi orqali tuman (shahar) komissiyalari tomonidan qabul qilinadi (tanlovda ishtirok etish bepul).

 

Qo`shko`pir tumani adliya bo`limi

Yuridik xizmat ko`rsatish markazi

Boshlig`i B.Yusupov

Мавзуга оид