s
USD: Rub: Eur:
2024-09-30 794

Qonunchilikdagi_yangiliklar

✅ Farmonga ko‘ra, 2025-yildan quyidagilarni nazarda tutuvchi tartib joriy etiladi:

 

ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi, huquqiy normalarni belgilovchi normativ-huquqiy hujjat kuchga kirgandan so‘ng:

 

➖normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish maqsadlariga erishilishini tahlil qilish, uning ijrosini taʼminlash hamda baholash uchun statistik maʼlumotlarni yig‘ish maqsadida har yili masʼul davlat organi tomonidan monitoring olib boriladi;

 

➖normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish maqsadlariga erishilganligi va samaradorligini aniqlash maqsadida qonunosti hujjatlari har 3 yilda masʼul davlat organi tomonidan baholashdan o‘tkaziladi;

 

➖qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatda uning monitoringi va baholashdan o‘tkazilishiga masʼul bo‘lgan davlat organi ko‘rsatiladi;

 

qabul qilingan normativ-huquqiy hujjat monitoringi va baholash natijalari majburiy ravishda Adliya vazirligiga taqdim etiladi hamda masʼul davlat organining rasmiy veb-saytida eʼlon qilib boriladi;

 

 qonunchilik hujjatlarining huquqiy monitoringi tartibga solish taʼsirini baholash doirasida o‘tkaziladi;

 

 qonunchilik hujjatlarining tartibga solish taʼsirini baholash hamda korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha kompleks reja har yili Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;

 

 kompleks reja ijrosi bo‘yicha Adliya vazirligi hisoboti Vazirlar Mahkamasi va Prezident Administratsiyasiga taqdim etib boriladi.

 

 

Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Мавзуга оид