s
USD: Rub: Eur:
2024-06-26 133

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-son qarori bilan “Bolalarni davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish hamda o‘quvchilarni bir umumiy o‘rta ta’lim muassasasidan boshqasiga o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning MA’M

Vazirlik tomonidan har yili 1-mayga qadar o‘quvchilarni 1-sinfga qabul qilish va bir umumta’lim maktab (sinf)dan boshqasiga o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatiladigan hududlar ro‘yxati tasdiqlanadi va rasmiy veb-saytdagi sahifasida e’lon qilinadi.

Davlat xizmati ko‘rsatiladigan umumta’lim maktablari ro‘yxatini shakllantirishda olis va chekka hududlarda fuqarolarning elektron davlat xizmatlari portalidan foydalanish imkoniyatlari mavjudligi inobatga olinadi.

Umumta’lim maktablari tomonidan har yili 1-iyunga qadar 1-sinfga qabul rejasi hamda tuman (shahar) hokimliklarining qarori bilan biriktirilgan mikrohudud bo‘yicha mahallalar, ko‘cha nomlari va uy raqamlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar XTV portaliga kiritiladi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy xalq ta’limi boshqarmasi) tomonidan har yili 5-iyunga qadar tasdiqlanadi.

Umumta’lim maktablarining qabul rejasi va qabul muddatlariga o‘zgartirish kiritish hududiy xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.

Ariza beruvchining doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan va haqiqatda yashovchi oila farzandlari biriktirilgan hududlar (mikrohudud) doirasida umumta’lim maktablariga joylashish ta’minlanadi.

Umumta’lim maktablarining 1-sinfiga bolalar ular yetti yoshga to‘ladigan yilda qabul qilinadi.

Davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun ariza beruvchidan yig‘im undirilmaydi.

 

 

Hazorasp tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

Мавзуга оид