s
Mavsumiy xodimlar bilan mavsum tugaguniga qadar muddatli mehnat shartnomasi tuziladi, bu aniq.
Mavsumiy xodimlar o‘z tashabbuslari bilan mehnat shartnomasini bekor qilish uchun boshqa xodimlarga o‘xshab 14 kalendar kun emas, 3 kalendar kun oldin ariza yozadi. Ya’ni, ishdan bo‘shashdan oldingi ogohlantirishni nazarda tutyapman.
MK 160-moddaning birinchi qismi va 494-moddaning birinchi qismiga ko‘ra:
➖mavsumiy xodim ish beruvchini 3 kalendar kun oldin yozma shaklda ogohlantirib, mehnat shartnomasini o‘z tashabbusiga ko‘ra bekor qilishga haqli.
Xiva tumani Adliya bo'limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti D. Masharipov