s
USD: Rub: Eur:
2023-09-12 528

O`zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 226-moddasiga asosan, familiyani, ismni va otaning ismini o‘zgartirish haqidagi arizalar ariza beruvchi o‘n olti yoshga to‘lgandan keyin fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan, ushbu shaxsning

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalari”ning 149-bandida - agar 16 yoshga to‘lgan shaxs pasport yoki pasport o‘rnini bosuvchi shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat olgunga qadar familiyasi, ismi, ota ismini o‘zgartirish haqida ariza bersa, u holda arizaga tug‘ilganlik haqida guvohnoma ilova qilinishi belgilab qo`yilgan.

Familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish ichki ishlar organlari xulosasi asosida amalga oshiriladi.

Shuningdek, Familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish to‘g‘risidagi ariza berilgan kundan boshlab bir oy mobaynida ko‘rib chiqilishi kerak. Uzrli sabablar (ishni rasmiylashtirish uchun zarur bo‘lgan dalolatnoma yozuvi nusxalarining boshqa FHDY organlaridan, ichki ishlar organlari xulosasining kechikib olinishi va boshqalar) mavjud bo‘lganda FHDY organi mudiri ushbu muddatni o‘n besh kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga uzaytirishi mumkin.

Familiya, ism, ota ismini o‘zgartirish to‘g‘risidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

ariza beruvchining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi;

agar ariza beruvchi nikohda turgan bo‘lsa, u holda nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnomasi, agar nikohdan ajratilgan bo‘lsa — nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnomasi;

agar ariza beruvchining voyaga yetmagan bolalari bo‘lsa, u holda bolalarining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalari;

ariza beruvchining pasportidan yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatidan ko‘chirma;

agar ariza beruvchi voyaga yetmagan yoki sud qarori bilan muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa, u holda ota-onasining yoxud vasiy yoki homiyning arizasi;

1 dona (3x4 o‘lchamli) fotosurat.

Fuqarolar tomonidan familiya, ism va otasining ismini o‘zgartirganligi uchun  O`zbekiston Respublikasining “Davlat boji to`g`risida”gi O‘RQ-600-son Qonuniga ko`ra, 16 yoshdan 18 yoshgacha – BHMning 50 foizi, 18 yoshdan katta – BHMning 1 baravari miqdorida davlat boji undiriladi.

 

            Tuproqqa’a tuman adliya 

            bo`limi FHDY bo`limi insprektori                                     Xasanova Charos

 

Мавзуга оид