s
USD: Rub: Eur:
2024-03-29 448

Assalomu alaykum, mehnat ta’tili vaqtida , mehnat shartnomasini bekor qilsa boladimi?

  Bu mehnat shartnomasini bekor qilish asosiga bog’liq. MK 163-moddasi (Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilishni taqiqlash) ga ko’ra, xodim mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan ta’tillarda bo‘lgan davrlarda mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilish mumkin emas, tashkilot (uning alohida bo‘linmasi) o‘z muassislarining (ishtirokchilarining) yoki ta’sis hujjatlari bilan bunga vakolat berilgan yuridik shaxs organining qaroriga binoan tugatilganligi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda yoxud yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan faoliyat tugatilgan holatlar bundan mustasno.

 Demak, e’tibor bering, xodim ta’tilda bo’lgan vaqtida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra ya'ni MK 161-moddasi bilan  bekor qilish taqiqlanadi, korxona tugatilgan holatlar bundan mustasno.

 Ta'til deyilganda nafaqat har yilgi mehnat ta'tili, balki ta'tillarning barcha turlari nazarda tutiladi. MK 213-moddasiga ko'ra, ish beruvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi asosida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan xodimlar uchun ta’tillarning quyidagi turlari nazarda tutilgan:

har yilgi mehnat ta’tili;
ijtimoiy ta’tillar;
sh haqi qisman saqlanadigan ta’til;
ish haqi saqlanmaydigan ta’til.

  Boshqa holatlarda esa, xodim ta’til vaqtida bo’lgan vaqti shartnomani bekor qilish mumkin. Masalan, muddatli mehnat shartnomasi muddati tugadi, lekin xodim har yilgi mehnat ta'tilida yoki bola parvarish ta'tilida. Bu holatda shartnomani MK 158-moddasiga ko'ra ya'ni muddatli mehnat shartnomasini uning muddati tugashi munosabati bilan bekor qilish mumkin, hech qanday taqiq yo'q.

 Yoki MK 235-moddasiga ko’ra, jamoa shartnomasida, boshqa ichki hujjatlarda, mehnat shartnomasida yoki xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra mehnat shartnomasini bekor qilish chog‘ida (bundan mehnat shartnomasi xodimning aybli harakatlari (harakatsizligi) uchun bekor qilingan hollar mustasno) foydalanilmagan har yilgi mehnat ta’tillarini keyinchalik mehnatga oid munosabatlarni tugatgan holda xodimning yozma arizasi asosida berish nazarda tutilishi mumkin.

Mehnat shartnomasini uning muddati tugashi munosabati bilan bekor qilish chog‘ida keyinchalik mehnat shartnomasini bekor qilgan holdagi ta’til har yilgi mehnat ta’tilining vaqti ushbu shartnoma muddatining chegarasidan to‘liq yoki qisman chiqib ketganda ham berilishi mumkin.


Hazorasp tuman adliya boʻlimi yuridik xizmat koʻrsatish markazi

Мавзуга оид