s
USD: Rub: Eur:
2023-11-16 289

BEPUL YuRISh IMTIYoZI – YaIDXP ORQALI TASDIQLANDI.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.09.2022 yildagi 507-son qarori bilan Shahar yo‘lovchilar transportida (yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksidan tashqari) ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi imtiyozli transport kartalarini berish yuzasidan davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

 

Imtiyozli kartalarni olish uchun hududiy transport boshqarmalariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilish zarur.

Vakolatli organ tomonidan ikki ish kuni mobaynida ariza ko‘rib chiqiladi va ariza beruvchiga imtiyozli kartani berish yoki uning berilishini rad etish haqida ma’lumot yuboriladi. Davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun yig‘im undirilmaydi. Bunda imtiyozli karta cheklanmagan muddatga beriladi.

“Shahar yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanishni tartibga solish to‘grisida” Qonunga muvofiq quyidagilarga shahar yo‘lovchilar transportidan (taksidan tashqari) bepul foydalanish huquqi berilgan:

  • 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari va nogironlari hamda urushning I guruh nogironiga hamrohlik qiluvchi shaxs;
  • Afgonistonda va boshqa mamlakatlarning hududidagi jangovar harakatlarda qatnashgan sobiq baynalminalchi jangchilar jumlasidan bo‘lmish fuqarolar;
  • haqiqiy muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar va kontrakt bo‘yicha oddiy askarlar hamda serjantlar tarkibidagi harbiy xizmatchilar;
  • Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshdan kechirgan shaxslar; 
  • nogironligi bo‘lgan ko‘zi ojiz shaxslar va nogironligi bo‘lgan ko‘zi ojiz shaxsga safarlarda hamrohlik qiluvchi shaxs.

Qarorga muvofiq imtiyozli transport kartalarini berish bosqichma-bosqich:

  • Toshkent va Samarqand shaharlarida - 2023 yil 1 yanvardan boshlab,
  • respublikaning barcha shaharlarida - 2023 yil 1 maydan boshlab amalga oshiriladi.

Eski namunada berilgan guvohnomalar 2023 yil 1 sentyabrga qadar o‘z kuchini saqlab qoladi.

 

Urganch tuman adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish

markazi bosh yuriskonsulti B.Yusupov

 

 

Мавзуга оид