s
Joriy yil 23-noyabr kuni Urganch davlat universitetida “Oliy taʼlim islohotlari: muammolar, yechimlar, yutuqlar” mavzusida viloyatimizdagi OAV vakillari, jurnalist va blogerlar uchun ochiq muloqot tashkil etildi.
Unda UrDU Oʼquv ishlari boʼyicha prorektori S.Xodjaniyozov, birinchi prorektor D.Ibadullayev, rektor maslahatchisi R.Sharipovlar tomonidan muloqot ishtirokchilariga keyingi yillarda oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlarini takomillashtirish, yoshlarga zamonaviy talablar asosida sifatli ta’lim berish, ilmiy faoliyatni yaxshilash va salohiyatni oshirishga qaratilgan qator tizimli ishlarning Urganch davlat universitetida amalga oshirilishi yuzasidan atroflicha maʼlumotlar berdilar.
Muloqotda “Xorazm haqiqati” gazetasi muhbiri O.Rahim, “Murojaat24.uz” internet nashri muhbiri N.Masharipov, “Hurriyat.uz” internet nashri muharriri Q.Eshchanov, shuningdek, media sohasiga qiziqishi baland bir guruh talabalar oʼzlarini qiziqtirgan savollari bilan faol ishtirok etdilar.
Muloqot davomida ishtirokchilar Urganch davlat universiteti va ommaviy axborot vositalari oʼrtasidagi hamkorlikni kengaytirish va rivojlantirish borasida, qolaversa, yoshlar orasida media savodxonlikni oshirish, universitetda jurnalistlar tayyorlaydigan yoʼnalish ochish borasida oʼzlarining takliflarini bildirdilar. Oʼz navbatida, universitet rahbariyati ushbu takliflarni qoʼllab-quvvatlab, bu borada OAV vakillarini hamkorlikka chorladi.
©️UrDU Matbuot xizmati