s
USD: Rub: Eur:
2024-09-30 697

Qonunchilikdagi_yangiliklar

Tibbiy va sog'lomlashtirish turizmi yanada rivojlantiriladi

 

“O'zbekiston Respublikasida tibbiy va sog'lomlashtirish turizmini yanada rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-335-son, 23.09.2024 y.) qabul qilindi

 

Qarorga ko'ra, quyidagilar belgilandi:

 

➖“Tibbiy xizmatlar mehmondo'stligi” (“Medical service hospitality”) dasturi amalga oshiriladi;

 

➖davlat va xususiy tibbiyot muassasalari hamda sanatoriy va pansionatlar tomonidan ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini monitoring qilish tizimi joriy qilinadi;

 

➖konsalting – diagnostika – davolash – turoperator – transport – tibbiy tarjimon xizmatlarini birgalikda ko'rsatadigan tibbiy turizm klasterlari faoliyati yo'lga qo'yiladi;

 

➖“Avitsenna” nomi ostida O'zbekistonning tibbiy va sog'lomlashtirish turizmi brendi ishlab chiqiladi;

 

➖toifali (yulduzli) mehmonxonalar tipidagi sanatoriylar faoliyati yo'lga qo'yiladi;

 

➖tog'li, shifobaxsh balchiq qatlamlari bor hamda shifobaxsh suvlar qatoriga kiritilgan va sanitariya-sog'lomlashtirish ahamiyatiga molik suv (termal suv) obyektlari mavjud bo'lgan hududlarda sanatoriy-kurort zonalari tashkil qilinadi;

 

➖2025-yil 1-aprelgacha internet tarmog'i orqali yashovchilarni hisobga olishning avtomatlashtirilgan maxsus elektron dasturi (E-mehmon)ga ulangan xususiy tibbiyot va sog'lomlashtirish muassasalari dastlabki 6 oylik abonent to'lovi to'lashdan ozod qilinadi.

Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Мавзуга оид