s
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik quyidagi davrlarga to‘g‘ri kelganda nafaqa to‘lanmaydi: (O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining buyrug‘i, 08.05.2002 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1136) https://lex.uz/docs/-357102ish haqi saqlanmagan ta’til;
bolani parvarishlash bo‘yicha ta’til;ish vaqtincha to‘xtatilgan;
xodim ishdan (lavozimdan) chetlashtirilib, ish haqi to‘lash to‘xtatib qo‘yilganligi sababli ishlamagan;harbiy o‘quv yoki tekshiruv yig‘ini;
ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘quv yurtlarida tahsil olish munosabati bilan berilgan qo‘shimcha ta’til.Ushbu davrlarda boshlanib, davom etayotgan mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi xodim ishga chiqishi (lavozimga tiklanishi) lozim bo‘lgan kundan boshlab beriladi.
Hazorasp tuman adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi