s
USD: Rub: Eur:
2023-11-15 466

Voyaga yetmagan bolani xorijga olib chiqishda qaysi holatda ota-onadan birining roziligi talab etilmaydi?

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi PQ-4079-son qarori bilan tasdiqlangan "O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi to‘g‘risida"gi Nizomning 33-bandiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining voyaga yetmagan fuqarosiga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish chog‘ida quyidagi holatlarda ota-onadan birining roziligi talab qilinmaydi:

 

 ota-onaning biri vafot etganda;

 

 boquvchisi yolg‘iz ona bo‘lgan hollarda;

bolaning ota-onasidan biri xorij fuqarosi bo‘lganida;

 

 ota-onadan biri sud tomonidan ota-onalik huquqlaridan mahrum qilingan, bedarak yo‘qolgan deb topilgan yoxud muomalaga layoqatsiz deb topilganida;

 

 ota-onadan birining O‘zbekiston Respublikasi hududidagi doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxati xorijga doimiy yashashga ketganligi munosabati bilan bekor qilinganida.

 

Yangiariq tumani Adliya bo’limi

 Yuridik xizmat ko’rsatish bo’limi

 bosh yuriskonsulti R.Egamberdiyev

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Мавзуга оид