s
Vazirlar Mahkamasining 145-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 14-bandida, «Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashning bir-nechta yo‘nalishlari keltirilgan bo‘lib, unga ko‘ra, ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar uchun zarur hollarda, sektor rahbari xulosasi asosida bir martalik moddiy yordam berish nazarda tutilgan.
Mazkur nizomning 2-ilovasida bu bir martalik yordam pulining aniq miqdori BHM (330 000 )ning 2 baravari (660 000 so‘m) etib belgilangan.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar deganda — bandligi ta’minlanmagan, ishlash istagida bo‘lgan va daromad manbaiga ega bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar tushuniladi.
Yangiariq tumani Adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish bo’limi
bosh yuriskonsulti R.Egamberdiyev