s
USD: Rub: Eur:
2024-12-27 337

“Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-228-son, 21.06.2024 y.) qabul qilindi

Qarorga ko'ra, 2025 yil 1 yanvardan “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasi (Virtual akademiya) joriy etiladi.

✅ Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimining ustuvor yo'nalishlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

aholi va davlat xizmatchilarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, yosh avlod ongiga halollik qadriyatlarini singdirish;

korrupsiyaga qarshi kurashishga mas'ul hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlar yuqori bo'lgan davlat xizmati lavozimlaridagi xodimlarning bilim, ko'nikma va malakalarini doimiy ravishda oshirib borish;

davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini baholash va sertifikatlash hamda sertifikat olgan davlat xizmatchilarining reyestrini yuritish;

korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi milliy va xorijiy tajriba, ilmiy, uslubiy va amaliy ishlanmalar, erishilgan yutuqlar bo'yicha elektron ma'lumotlar bazasini yuritish;

korrupsiyaga qarshi kurashishning dolzarb muammolari yuzasidan ilmiy-tadqiqot dasturlari va loyihalarini, shu jumladan, milliy, xorijiy va xalqaro grantlarni jalb qilgan holda amalga oshirish.

Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi

 

Мавзуга оид