Quyidagi shaxslar (https://lex.uz/docs/2898879#2899183) tibbiyot muassasalarida ovqatlanish to'lovidan ozod qilinadi:
- I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslar.
- Bolalikdan nogironligi bo'lgan shaxslar.
- 1941–1945 yillardagi urush oqibatida nogironligi bo'lgan shaxslar va urush qatnashchilari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan shaxslar.
- Chernobil AESidagi halokat oqibatlarini bartaraf etishda qatnashish natijasida nogironligi bo'lgan shaxslar.
- 1941–1945 yillardagi urush yillari mehnat fronti qatnashchilari.
- Baynalmilalchi jangchilar.
- Vakolatli organlarda hisobda turuvchi yolg'iz pensionerlar.
- 18 yoshgacha bo'lgan bolalar, shuningdek o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari o'quvchilari.
- Chaqiriq komissiyalari xulosalariga ko'ra mudofaa ishlari bo'limlarining yo'llanmalari bo'yicha 18 yoshdan 27 yoshgacha bo'lgan chaqiriq yoshidagilar.
- "O'zbekiston Respublikasi faxriy donori" ko'krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar.
- ️ 1 yoshgacha bolasi bo'lgan emizikli onalar.
- Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bolalarga qarovchi shaxslar (ota-ona va boshqalar).
Qo`shko`pir tumani adliya bo`limi
Yuridik xizmat ko`rsatish markazi
Bosh yuriskonsulti R.Timofeyeva