s
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 59prim 1-moddasiga ko‘ra, hayoti yoki sog‘lig‘i uchun xavfli holatda bo‘lgan shaxsga tibbiyot tashkilotlarida qonunga yoki maxsus qoidalarga muvofiq shoshilinch yoki kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam ko‘rsatishi kerak bo‘lgan shaxs tomonidan shunday yordam ko‘rsatishni asossiz ravishda rad etish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lish belgilangan.
Yangiariq tuman adliya bo‘limi
yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i U.Navruzov