s
USD: Rub: Eur:
2024-01-22 773

Tashkilotlarda shtat qisqarganida homilador va 3 yoshgacha bolasi bor ayollarni shu sabab bilan ishdan bo‘shatish mumkin emas!

 Mehnat kodeksining 163-moddasiga asosan, ish beruvchi quyidagi holatlarda hodimni ishdan bo‘shatishi mumkin emаs:

 Qonunchilikda belgilanmagan asoslar bilan;

 kamsitishni taqiqlash talabini buzadigan holatlarda ;

 xodim “bolnichniy”da bo‘lganda (ya’ni, kasal bo‘lganda) va ta’tillarga chiqqanida;

 xodim davlat yoki jamoat majburiyatlarini bajarganligi uchun ishdan ozod etilganda;

 xodim xizmat safarida bo‘lganda;

 homilador ayollar homiladorlik davrida.

 Shuningdek, 3 yoshgacha bolasi bor ayollar yoki 3 yoshgacha bo‘lgan bolani yolg‘iz tarbiyalayotgan ota (vasiy)ni faqat korxona tugatilganda, ular mehnat intizomini doimiy yoki bir marta qo‘pol ravishda buzganda ish beruvchi tomonidan bo‘shatish mumkin. Shtat qisqarishi yoki malakasi yetarli emasligi asosi bilan ularni ishdan bo‘shatish mumkin emas.

 

 

Xiva tumani adliya bo'limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi boshlig'i A.Hasanov

Мавзуга оид