s
Firma nomiga bo‘lgan huquq -Yuridik shaxs tovarlarda, ularning idishi va o‘rovida, reklamada, peshlavhalarda, bosma ma’lumotnomalarda, hisobvaraqlarda, bosma nashrlarda, rasmiy blankalarda va o‘zining faoliyati bilan bog‘liq boshqa hujjatlarda, shuningdek mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘tkazilayotgan ko‘rgazma va yarmarkalarda namoyish etish vaqtida firma nomidan foydalanishda alohida huquqqa egaligini bildiradi Yuridik shaxsning firma nomi uning ta’sis hujjatlarida ko‘rsatiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksining 1101 moddasiga asosan Firma nomiga bo‘lgan huquq yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan e’tiboran yuzaga keladi . Yuridik shaxsning firma nomiga bo‘lgan huquqni boshqa shaxsga berish va o‘tkazishga faqat yuridik shaxs qayta tashkil etilgan hamda umuman korxona boshqa shaxsga berilgan hollardagina yo‘l qo‘yiladi. Firma nomiga bo‘lgan huquq egasi boshqa shaxsga o‘zining bu nomidan foydalanishga ruxsat etishi (litsenziya berishi) mumkin. Biroq bunda litsenziya shartnomasida iste’molchini chalg‘itib qo‘yishni istisno etuvchi choralar shart qilib qo‘yilishi lozim.
Maqola muallifi: Yangibozor tumani Adliya bo‘limi DXM operatori M.Tajimov