s
Farmonga muvofiq, (https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/7518) tergov sudyasiga quyidagi jinoyat materiallarini, shu jumladan sanksiyalar va majburlov choralarini qo'llash masalasini ko'rib chiqish vakolati beriladi:
quyidagilar bo'yicha sanksiyalar:
-qamoqqa olish yoki uy qamog'i tarzidagi ehtiyot chorasini qo'llash bilan bog'liq iltimosnoma;
-qamoqda saqlash yoki uy qamog'i muddatini uzaytirish masalalari bilan bog'liq iltimosnoma;
-pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to'xtatib turish to'g'risidagi iltimosnoma;
-murdani eksgumatsiya qilish haqidagi iltimosnoma;
-pochta-telegraf jo'natmalarini xatlash to'g'risidagi iltimosnoma;
-tintuv o'tkazish haqidagi iltimosnoma;
-telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so'zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish haqidagi iltimosnoma;
-mol-mulkni xatlash to'g'risidagi iltimosnoma;
quyidagilar bo'yicha majburlov choralari:
-ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to'g'risidagi iltimosnoma;
-shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqidagi iltimosnoma;
-ayblanuvchining tibbiy muassasada bo'lishi muddatini uzaytirish to'g'risidagi iltimosnomasi;
-ushlab turish muddatini 48 soatga qadar uzaytirish to'g'risidagi iltimosnoma;
Prokurorning guvoh va jabrlanuvchining (fuqaroviy da'vogarning) ko'rsatuvlarini oldindan mustahkamlash to'g'risidagi iltimosnomasi.
Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi