s
“Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan amalga oshirilayotgan loyihalarni yanada jadallashtirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi Prezident Farmoni (PF-195, 16.11.2023 y.) qabul qilindi
Farmonga koʼra, byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari hamda oʼz ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʼlgan yuridik shaxslar tomonidan ijtimoiy soha hamda infratuzilmani rivojlantirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jalb qilingan va jalb qilinadigan davlat tashqi qarzi hisobidan (bundan tijorat banklari orqali qayta moliyalashtiriladigan yoki qayta kreditlanadigan mablagʼlar mustasno) toʼliq yoki qisman amalga oshiriladigan loyihalar doirasida sotib olinadigan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishga doir aylanma, shuningdek ularning importi 2028 yil 1 yanvargacha QQSdan ozod qilinadi.
Yangiariq tumani Adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
bosh yuriskonsulti X.Matkarimov