s
USD: Rub: Eur:
2025-06-15 733

O’zbekistonda ilk bor Texnologik metallar oliy maktabi tashkil etildi

✅ Mazkur oliy maktab O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) tomonidan tashkil etildi. 

Bugungi kunda muhandislik faqat formulalar emas, balki dunyoni o‘zgartirish vositasi. Geologiya faqat qazish emas, balki strategik fikrlash san’ati. Ilm esa qog‘ozda emas, real sanoat markazlarida hayot topmoqda. Oliy maktabda ta’lim ana shunday zamonaviy qarashlar asosida olib boriladi.  

 Oliy maktabning bakalavriat dasturida ta’lim jarayonlari Italiyaning nufuzli Piza universiteti bilan hamkorlikda olib boriladi. Dars jarayonlari ingliz tilida, eng muhimi ta’lim faqat auditoriyada emas, balki TMKning real ishlab chiqarish korxonalarida bo‘ladi.
 
Oliy maktabning yana bir maqsadi kritik minerallar yo‘nalishidagi magistratura dasturidir. Xitoyning Geofanlar universiteti bilan birgalikda yo‘lga qo‘yilgan bu loyiha xalqaro darajada geologiya, izlanish va razvedka sohalarida mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan. 

 Ta’limning ikkinchi bosqichida magistrlar Xitoyda o’qishni davom ettirishadi. O‘qish jarayoni ingliz tilida olib boriladi, natijada bitiruvchilar ikki davlat diplomiga ega bo‘ladi.

O’zbekiston texnologik metallar kombinati tomonidan bakalavr bosqichi uchun 25 ta grant, magistratura bosqichi uchun 10 ta grant ajratilgan. Oliy maktabni bitirgach esa talabalar TMK tomonidan to’liq ish bilan ta’minlanadi. 

Ma’lumot uchun, ushbu oliy maktabning balakavr va magistratura yo’nalishlariga qabul joriy yilning 5-iyun sanasidan 25-iyun sanasiga qadar davom etadi (https://uztmk.uz/uz/article/v-uzbekistane-vpervye-sozdana-vyssaia-skola-texnologiceskix-metallov).

Xiva tuman YXKM bosh yuriskonsulti M.Boyjonov

Мавзуга оид