s
USD: Rub: Eur:
2025-06-25 851

“Farzand tarbiyasida ota-onaning mas'uliyati” mavzusida tarbiya haftaliklari o'tkazila

Qarorga muvofiq, (https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/7576) 2024/2025-o'quv yilidan:

umumiy o'rta ta'lim muassasalarida “Farzand tarbiyasida ota-onaning mas'uliyati” mavzusida tarbiya haftaliklari o'tkaziladi;

ota-onalarning farzand tarbiyasi borasidagi bilimini oshirishga qaratilgan “Namunali ota-onalar maktabi” loyihasi amalga oshiriladi.

2024-yil 1-dekabrgacha:

-o'quvchilarda “huquqbuzarlikka qarshi immunitet”ni shakllantirishda “maktab – ota-ona – mahalla” hamkorligi zanjirini yaratish bo'yicha ilmiy asoslangan o'quv va ommabop uslubiy tavsiyalar ishlab chiqiladi;

-ota-onalarning farzand tarbiyasiga oid dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladigan xalqchil tildagi adabiyotlar yaratiladi.

2024-yil dekabr oyida “Tarbiya – shaxs madaniy-ma'naviy kamolotining mezoni” mavzusida xalqaro forum o'tkaziladi.

2025-yil yakunigacha ota-onalar, o'qituvchilar va o'quvchilar uchun yoshlar tarbiyasiga oid raqamli kontentlarni joylashtirish maqsadida “milliytarbiya.uz” elektron platformasi va uning mobil versiyasi ishlab chiqiladi.

 

Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Мавзуга оид