s
USD: Rub: Eur:
2024-12-27 874

Garov tushunchasi va uning vujudga kelish asoslari

Bir shaxsning boshqa shaxsga mol-mulkni yoki unga bo‘lgan huquqni majburiyatlarni ta’minlash uchun berishi garov hisoblanadi. Garovga ko‘ra qarzdor garov bilan ta’minlangan majburiyatni bajarmagan taqdirda kreditor (garovga oluvchi) bu majburiyat bo‘yicha o‘z talabi garovga qo‘yilgan mol-mulkning qiymatidan ushbu mol-mulk egasi bo‘lgan shaxs (garovga qo‘yuvchi)ning boshqa kreditorlariga qaraganda imtiyozli suratda qanoatlantirilishiga, qonunda nazarda tutilgan tartibda, haqli bo‘ladi. Garovga oluvchi garovga qo‘yilgan mol-mulkni yo‘qotganlik yoki unga ziyon yetkazganlik uchun sug‘urta haqidan, bu mol-mulk kimning foydasiga sug‘urta qilingan bo‘lishidan qat’i nazar, o‘z talabi yuqoridagi asoslarda qanoatlantirilishiga haqli, basharti mol-mulkni yo‘qotish yoki unga ziyon yetkazish garovga oluvchi javobgar bo‘lgan sabablarga ko‘ra yuz bergan bo‘lmasa. Garov shartnoma yoki qonun asosida amalda yuzaga keladi.

 

Hazorasp tuman adliya boʻlimi boshlig‘i Y.Baltayev

Мавзуга оид