s
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 188 prim 2-moddasiga asosan, restoranlar, kafelar, barlar, klublar, diskotekalar, kinoteatrlar, kompyuter zallari, Internet tarmog‘idan foydalanish xizmatlarini ko‘rsatish uchun jihozlangan xonalar yoki boshqa ko‘ngil ochish (dam olish) joylarining rahbarlari yoxud boshqa mas’ul shaxslari tomonidan voyaga yetmagan shaxsning tungi vaqtda ota-onasidan biri yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning kuzatuvisiz ko‘rsatilgan muassasalarda bo‘lishiga yo‘l qo‘yish — bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravari (4 950 000 so‘m)gacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Yangiariq tumani Adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish bo’limi
bosh yuriskonsulti Y.Xo’jamuratova