s
O‘zbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunga asosan quyidagilar kichik tadbirkorlik sub’ektlari hisoblanadi:
▪️ yakka tartibdagi tadbirkorlar;
▪️ishlab chiqarish tarmoqlaridagi xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 20 kishi, xizmat ko‘rsatish sohasidagi va ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa tarmoqlardagi xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 10 kishi, ulgurji, chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish tarmoqlaridagi xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 5 kishi bo‘lgan mikrofirmalar;
quyidagi tarmoqlardagi kichik korxonalar:
▪️engil, oziq-ovqat sanoatidagi va qurilish materiallari sanoatidagi xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 200 kishi;
▪️metallga ishlov berish va asbobsozlik, yog‘ochsozlik, mebel sanoatidagi, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalaridagi xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 100 kishi;
▪️mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va ularni qayta ishlash, qurilish hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalaridagi xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 50 kishi;
▪️ fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish, transport, aloqa, xizmat ko‘rsatish sohalari (sug‘urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa sohalardagi xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 25 kishi.
Shuningdek, faoliyatning bir necha turini amalga oshiruvchi (ko‘p tarmoqli) yuridik va jismoniy shaxslar yillik aylanma hajmida ulushieng ko‘p bo‘lgan faoliyat turi mezonlari bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’ektlariga kiradi.
Mikrofirma va kichik korxona xodimlarning belgilangan o‘rtacha yillik sonini oshirib yuborgan taqdirda, xodimlar sonini oshirib yuborishga yo‘l qo‘yilgan davr uchun ular qonunchilikda nazarda tutilgan imtiyozlar, preferensiyalar, kafolatlar va huquqlardan mahrum etiladi.
Kichik tadbirkorlik sub’ektlari uchun qonunchilikda nazarda tutilgan imtiyozlar va preferensiyaslar vakolatli organlarga va tashkilotlarga (davlat soliq, bojxona xizmati organlariga, davlat statistika organlariga, banklarga va boshqalarga) yozma murojaatlarsiz qo‘llanilishi belgilangan.
Tuproqqal’a tuman adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi Bosh yuriskonsulti Urazbayev Tursunboy