s
USD: Rub: Eur:
2023-11-14 657

Bilasizmi

 

Prezident tomonidan 09.11.2023 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga dehqon хoʻjaligini yuritish uchun ajratiladigan yer uchastkalarining oʻlchamini oshirishga qaratilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida»gi OʻRQ-876-son Qonun imzolandi.

 

Hujjatda qayd etilishicha, mamlakatning ayrim hududlarida chorva ozuqasi ekinlarini yetishtirish uchun keng imkoniyatlar mavjudligi dehqon хoʻjaligi uchun ajratiladigan yer uchastkalarining qonunchilikda belgilangan oʻlchamini qayta koʻrib chiqish va oshirish zaruratini yuzaga keltirmoqda.

 

Qonun bilan Yer kodeksi va «Dehqon хoʻjaligi toʻgʻrisida»gi Qonunga mamlakatning ayrim hududlarida chorva ozuqasi ekinlarini yetishtirish maqsadida dehqon хoʻjaligini yuritish uchun ajratiladigan yer uchastkalarining eng koʻp oʻlchamini 1 gektardan 5 gektarga oshirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilmoqda.

Xiva tumani adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti Masharipov Dilmurod

 

Мавзуга оид